
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, tuman hududidagi «Yuqori nuqta» YPX maskanida «HUNDAY ELANTRA» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, haydovchi N.M. jami og‘irligi 1 kg 100 gramm bo‘lgan umumiy bahosi 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin metall qotishmalarini Toshkent shahriga o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar