Meteorolog Erkin Abdulahatov yaqin kunlarda O‘zbekistonda havo harorati o‘zgarishi ehtimolini baholadi.
«Ayni dam shimoliy yarim shar o‘rta kengliklarida faqat issiq havo oqimlari hukmron bo‘lib turibdi. Yaqin kunlarda O‘zbekistondagi issiq havo massasini haydab yuboradigan hech qanday salqin havo massasi yo‘q.
Demak, kelayotgan 5 kunlikda O‘zbekistonning katta qismi yana past bosimli issiq havo oqimi ta’sirida bo‘ladi. Faqat shimoliy hududlarimizga Volabo‘yidagi sovuq havo oqimi o‘zini ta’sirini ko‘rsata oladi. Qolgan hududlarga esa «kuchi yetmaydi»...
O‘zgidromet ham kelayotgan 5 kunlikda respublikaning katta qismida yuqori harorat foni saqlashini ma’lum qilgan, 25 iyulda shimolda harorat sezilarli pasayadi. Hatto, o‘sha kuni Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazmning ba’zi hududlarida biroz yomg‘ir ham yog‘ib o‘tishi mumkin.
Kelayotgan besh kunlikda respublikaning boshqa hududlarida issiq havo to‘lqini o‘z ta’sirini o‘tkazib turaveradi.
Balki, oy oxirlari, kelayotgan oy boshlarida O‘zbekistonga biroz salqin havo oqimlari kirib kelar», deya yozadi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, mana bir necha kundirki, yurtimizga anomal issiq hukmron. Kuni kecha Xorazm viloyati hududidagi «Tuyamo‘yin» kuzatuv stansiyasida maksimal havo harorati +47.5 darajaga yetgani xabar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?