2022 yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3 540,5 ming so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 19,3 foizga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Eng kam oylik ish haqi ikki barobarga — jami 23,1 foizga oshirilib, hozirda 922 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Tarmoqlar bo‘yicha eng yuqori maoshlar bank, moliya va sug‘urta sohalarida — 9,15 mln so‘m.
Ikkinchi o‘rinni 6,69 mln so‘m bilan axborot va aloqa sohasi egalladi.
Uchinchi o‘rinda 4,65 mln so‘m bilan tashish va saqlash sohasi turibdi.
Sohalar doirasida ajratilgan faoliyat turlari orasida dasturlash 11,2 mln so‘m bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda yordamchi moliyaviy xizmatlar (10,08 mln so‘m) va sug‘urtalash (9,14 mln so‘m) turadi.
Eng kam daromad sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,38 mln so‘m) va ta’lim (2,58 mln so‘m) sohalarida qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi