07:00 / 28.07.2022
1 119

Prezident topshiriqlarini bajarmagani uchun jazolangan davlat xizmatchilari soni aytildi

Prezident topshiriqlarini bajarmagani uchun jazolangan davlat xizmatchilari soni aytildi
Foto: Toshkent moliya instituti
O‘zbekistonda ijro intizomi bo‘yicha elektron tizim joriy etilgan. Tizimni boshqaruvchi Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2022 yilning 6 oyi davomida respublika bo‘yicha 12 nafar davlat xizmatchisi qonunlar va prezident hujjatlari talablarini bajarmagani uchun intizomiy jazoga tortilgan, ulardan 5 nafari lavozimidan olingan.

Bugungi kunda barcha davlat organlari va tashkilotlarida prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish Ijro.gov.uz tizimida amalga oshirilmoqda.

Adliya vazirligi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i No‘’mon Muhammadiyevning aytishicha, 2022 yilning birinchi yarmida 313 ta hujjat (shundan 36 tasi qonun, 46 tasi farmon, 172 tasi qaror, 9 tasi farmoyish va 50 tasi bayon)dagi 16 599 ta topshiriq Ijro.gov.uz tizimida ro‘yxatga olinib, ijroga qaratilgan.

Ijro.gov.uz tizimi joriy etilishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozliklarning oldi olindi, topshiriqlar mas’ul ijrochilarga tezkor yetkazilib, ularning ijrosi o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilmoqda. Shuningdek, uzoq vaqtlar davomida bajarilmasdan kelinayotgan topshiriqlarning bajarilishi ta’minlanib, bu kabi salbiy holatlar keskin kamayishiga erishildi.

Joriy yilning 6 oyida ijro intizomi buzilishiga yo‘l qo‘ygan jami 12 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Shundan 5 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa, 6 nafari hayfsan, 1 nafariga esa jarima qo‘llandi
”, dedi No‘’mon Muhammadiyev 27 iyul kungi matbuot anjumanida.

Foto: AOKA
Adliya mulozimining qo‘shimcha qilishicha, davlat rahbarining 15 ta sohadagi topshiriqlari ijrosi ichki ish rejalarga asosan monitoring va tahlil qilinib, natijasi bo‘yicha Prezident administratsiyasiga tahliliy axborot hamda ma’lumotlar kiritilgan.

Shu bilan birga, tahlil natijalari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish hamda kelgusida bu kabi holatlar takroran sodir etilishining oldini olish yuzasidan Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralarga 10 dan ortiq taqdimnoma kiritilgan.

Avvalroq adliya vazirining maslahatchisi Shahnoza Soatova ijro intizomi tizimi qanday ishlashini quyidagicha tushuntirgan edi:

Prezident hujjatlari ijrosi nazorati kosmosdan

Prezident farmonu qarorlarida keltirilgan vazifalar to‘liq va to‘g‘ri ijro etilayotganini tekshirish Adliya vazirligiga yuklatilgan. Bu jarayon qanday kechadi?

1. Prezident tegishli farmon yoki qarorga imzo qo‘yadi.
2. Hujjat Prezident Administratsiya tomonidan «ye-xat» elektron tizimi orqali Adliya vazirligiga jo‘natiladi.
3. U Vazirlik tomonidan «ijro.gov.uz» tizimiga kiritiladi va har bir vazifa tegishliligi bo‘yicha tashkilot va idoralarga taqsimlanadi.
4. Bandlar ijro etishga kirishiladi.
5. Mas’ul ijrochilar ijro holati yuzasidan axborotni «ijro.gov.uz»ga joylaydi.
6. Adliya vazirligi ushbu ma’lumotlarni birdan qabul qilmaydi, o‘rganadi. Buning uchun hududiy adliya organlariga ko‘rsatmalar berilib, zarurat bo‘lsa, ishchi guruh tuzilib, «Respublika-viloyat-tuman-mahalla» vertikal tizimi asosida ko‘rib chiqiladi
7. O‘rganish natijasiga ko‘ra hisobot qabul qilinadi yo rad etiladi.

Hozir Vazirlik hisobotlarni o‘rganishda «O‘zbekKosmos» agentligi bilan hamkorlik qilmoqda. Vazirlik agentlikka u yoki bu ob’ekt haqida so‘rov yuboradi. Masalan, hisobotda falon km yo‘l qurildi deb yozilgan. Agentlik belgilangan ob’ekt holatini bevosita sun’iy yo‘ldosh yordamida tasvirga tushirib, o‘rganadi. Rostan yo‘l qurildimi va uzunligi hisobotda keltirilgandekmi? Kosmosdan olingan ma’lumotlar 1 santimetrigacha aniqlikda keltiriladi. Hisobotdagi ma’lumot tasdiqlansa, u qabul qilinadi.

Ijro nazoratida hamma narsa muhim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident topshiriqlarini bajarmagani uchun jazolangan davlat xizmatchilari soni aytildi