Foto: Milliy gvardiya
Joriy yilning 20 iyul kuni soat 15:44 da Andijon shahar Qo‘riqlash bo‘limiga xodimlar tomonidan qo‘riqlanayotgan Chorguzar ko‘chasi, 12-uyda joylashgan 2-sonli tug‘ruqxonadan «tashvish» xabari kelib tushgan.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, tezkor guruh xodimlari tug‘ruqxonaga yetib borganida, Asaka shahrida yashovchi 1978 y. t. fuqaro R.D tug‘ruqxona bosh shifokori Q.Sning xizmat xonasiga kirib, eshikni ichki qismidan qulflab olgan holda, tug‘ruq vaqtida vafot etgan farzandining o‘limida shifokorlarni ayblab, uni o‘ldirish bilan tahdid qilayotgani ma’lum bo‘lgan.
Xodimlar huquqbuzardan eshikni ochishni so‘raganda, u prokurorni chaqirishni talab qilgan.
Voqea joyiga Andijon shahar IIO va FMB rahbarlari, Andijon shahar prokurori yetib kelib, fuqaro R.D.ni eshikni ochishga ko‘ndirgan.
Xodimlar xonaga kirganda huquqbuzarning yonida o‘tkir tig‘li pichoqlar va shurup qotirish uskunasi borligi aniqlangan. Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari Andijon shahar IIB tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?