1 489
Namanganda qarzdorni kaltaklab, so‘ng yer maydonini sotib yuborgan zo‘ravonlar qo‘lga olindi
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Namanganda qarzdorni kaltaklab, 6 kun davomida majburan tutib turib, so‘ng nomida bo‘lgan yer maydonini sotib yuborgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Hodisa Namangan shahrida ro‘y berdi. Shahardagi «Ijodkor» mahallasida yashovchi fuqaro Davlatobod tumanida yashovchi tanishidan olgan qarzini belgilangan muddatda qaytara olmaydi.
Haqdor pullarini boshqa yo‘l bilan qo‘lga kiritish payiga tushib, Namangan shahri, «Yangi asr» mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan yigitga vaziyatni tushuntiradi. Ular tanishlari bilan qarzdordan haqni undirish uchun borishadi va unga kuch ishlatib, pul talab qilishadi.
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Vaziyat guruh istagan tomonga yurmagach, qarzdorni Yangi Namangan tumani hududidagi ovloq yerga olib borib, tazyiq va zo‘ravonlikni davom ettirishadi. Haqdor pullari evaziga qarzdordan nomida bo‘lgan yer maydonini unga o‘tkazib berishni talab qiladi. Jabrlanuvchini bunga ko‘ndirish maqsadida Kosonsoy tumanidagi kempinglardan birida 6 kun mobaynida majburan tutib turishadi.
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Qarzdor nomida bo‘lgan yer maydoni hujjatlashtirilib, boshqa shaxsga sotilgandan so‘ng undirilgan 13000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni o‘zlariga olgan zo‘ravonlar bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bersa o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilishadi.
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur hodisaga aloqador bo‘lgan 5 nafar shaxs qo‘lga olingan.
Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi Ulug‘bek Tillayev.
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
«Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasida jabrlanuvchida burun suyagi va qovurg‘alar sinishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ular darajasiga ko‘ra o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati ekanligi bildirilgan. Holat yuzasidan uch nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», — deydi Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi Ulug‘bek Tillayev.
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Qayd etilishicha, mazkur fuqarolar va ushbu ishga aloqador bo‘lgan yana ikki nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»