14:00 / 31.07.2022
1 717

O‘zbekiston musulmonlari idorasi namozxonlar «Tolibon» hukumati delegatsiyasini o‘rab olgani aks etgan suratga izoh berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi namozxonlar «Tolibon» hukumati delegatsiyasini o‘rab olgani aks etgan suratga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolar Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasini o‘rab olgani aks etgan surat va izohiga «Tolibon muhlislari» deb yozilgan xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 25 iyuldan e’tiboran O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va bir guruh ulamolar Samarqand viloyatida fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish hamda jome masjidlarda namozxonlarga mav’iza qilish maqsadida ushbu viloyatning turli hududlarida bo‘lgan. Mazkur safar davomidagi aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar, masjid qavmlari ila ma’rifiy suhbatlar hamda bo‘lib o‘tgan. Bu tarmoqlar orqali ham yoritilgan.

Shunday suhbatlardan biri 29 iyul kuni Samarqand shahrida joylashgan «Namozgoh» masjididagi juma namoziga yig‘ilgan katta jamoat bilan bo‘lgan. Ushbu jomedagi mav’izadan ta’sirlangan masjid qavmi yakunda Muftiy hazratlarining duolarini olish uchun yo‘l yoqasiga qadar to‘p-to‘p bo‘lib, kuzatib borgan.

Foto: Telegram
Ta’kidlanishicha, ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muftiy Nuriddin domlani ziyorat qilishga intilgan mo‘min-musulmonlarni go‘yoki «Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari («Tolibon») muxlislari», deya asl vaziyatdan odamlarni chalg‘itishga urinib, ijtimoiy tarmoqlarda turli izohlar yozgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Toshkent shahrida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ham mazkur juma namozida qatnashdi.

Ta’kidlash kerakki, e’lon qilingan ijtimoiy tarmoq materiallaridan yaqqol namoyon bo‘lmoqdaki, mo‘min-musulmonlar muftiy hazratlarini ziyorat qilish va u kishining duolarini olib qolishga intilganlar.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bunday izohlarni yozmaslik va ularni tarqatmaslikni iltimos qilamiz, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston musulmonlari idorasi namozxonlar «Tolibon» hukumati delegatsiyasini o‘rab olgani aks etgan suratga izoh berdi