21:23 / 01.08.2022
1 358

Tibbiyot birlashmasi “remont”iga ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxsdan kamomad undirildi

Tibbiyot birlashmasi “remont”iga ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxsdan kamomad undirildi
Xalqimizda “yemoqning qusmog‘i ham bor” degan gap bejiz aytilmagan. Noqonuniy qilingan ishning bir kun “mis”i chiqishi tayin, albatta.

Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tuman tibbiyot birlashmasining ta’mirlash ishlarida bajarilmagan ishlarni «bajarildi», deb ko‘rsatib, davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning talon-toroj bo‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxs javobgarlikka tortildi.

Xususan, QVPlardan birida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha tuzilgan shartnomaga 6 064 249 so‘mlik, tuman tibbiyot birlashmasining markaziy binosi kutish zalida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha 4 066 441 so‘mlik, tibbiyot birlashmasi binosining joriy ta’mirlash bo‘yicha 5 322 460 so‘mlik, birlashma yuqumli kasalliklar binosini ta’mirlash bo‘yicha 1 314 368 so‘mlik, maslahatxona binosida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 681 279 so‘mlik, tez tibbiy yordam bo‘limining mashinalar turargohida amalga oshirilgan qurilish ishlariga 3 079 324 so‘mlik ishlar bajarilmasdan hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudi tomonidan huquqbuzar U.Yu.dan Jalaquduq tuman tibbiyot birlashmasi foydasiga jami 6 ta ijro xujjati buyicha 20 528 000 so‘m moddiy zarar undirilishi to‘g‘risida ijro hujjatlari chiqarilib, Byuroning Jalaquduq tuman bo‘limiga yuborilgan.

Byuroning Jalaquduq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor U.Yu.dan Jalaquduq tuman tibbiyot birlashmasi foydasiga jami 20 528 000 so‘m zarar pullari undirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyot birlashmasi “remont”iga ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxsdan kamomad undirildi