
«Toshkent» xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida masofaviy bojxona nazorati tizimi ishga tushirildi.
Mazkur tizim nazorat kameralari va parvoz haqidagi oldindan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yo‘lovchilar va ularning yuklarini bilvosita bojxona nazoratidan o‘tkazishda ko‘makchi bo‘ladi.
Terminalning butun perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan kameralar bojxona organlariga real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatish va faqatgina zarur hollarda yo‘lovchilarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish imkonini beradi.
Bu esa, o‘z navbatida, xorijga otlangan yo‘lovchilar bojxona nazoratidan tezroq va kechikishlarsiz o‘tishiga imkon deganidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar