
O‘zbekistonning xususiy aviatashuvchisi bo‘lgan «Qanot Sharq» aviakompaniyasi ikkita yangi Airbus A321neo samolyotini olishi haqida ma’lum qildi.
Aviatashuvchi samolyotlarni American Air Lease Corporation’dan ijaraga oladi.
Air Lease korporatsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, uzoq masofalarga parvoz qilish uchun yoqilg‘i baklari bilan jihozlangan samolyotlar O‘zbekistonga kuzda kelishi kerak.
Kompaniyaning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti A. J. Abedin Air Lease «Qanot Sharq» bilan olib borayotgan kelishuvlaridan juda mamnunligini qayd etdi. Shuningdek, kompaniya rivojida O‘zbekiston xususiy sektorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning o‘rni borligini ta’kidladi.
«Qanot Sharq» aviakompaniyasi rahbari Nosir Abdug‘offorov amerikalik hamkor bilan hamkorlik qilishdan xursandligini bildirib, yangi samolyotlar aviakompaniya yo‘nalishlar sonini va parvozlar geografiyasini ko‘paytirishi mumkinligini ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar