Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ba’zi odamlar yaxshilik eshiklarini ochib, yomonlik eshiklarini yopadilar. Ba’zi odamlar yomonlik eshiklarini ochadilar va yaxshilik eshiklarini yopadilar. Bas, Alloh kimning qo‘liga yaxshilik kalitlarini bergan bo‘lsa, shod bo‘ling va Alloh yomonlik kalitlarini qo‘liga bergan bo‘lsa holiga voy!” (Ibn Moja).
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yaxshi yoki yomon ishlarni birinchi bo‘lib qilgan insonlarni ko‘rishingiz mumkin.
Masalan, xalifa Umar ibnul Xattob tarovih namozini muntazam o‘qish amaliyotini joriy etgani bilan yoki xalifa Usmon ibn Affon Qur’on yagona kitob holida jamlangani bilan ba’zi xayrli ishlarga asos solganlar:
Qarama-qarshi tomonda esa, Odam Atoning o‘g‘illaridan biri - Qobil. U qotillik qilgan birinchi odam.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u haqda: “Kimdir nohaq o‘ldirilgan bo‘lsa, Qobilga to‘kilgan qon uchun gunohning bir qismi yelkasiga yuklanadi, chunki qotillikni o‘zi boshlagan” (Buxoriy va Muslim).
Shunday ekan, har xil ezgu amallarni boshlashimiz, shuningdek, yomon ishlardan o‘zimizni tiyishimiz juda muhim.
Biz o‘zimiz yaxshilik qilishimiz va boshqalarni ham shunday qilishga undashimiz kerak. Masalan:
- sura yodlash;
- foydali ilm yoki bilimlarni boshqalarga etkazish;
- darslarga tashrif buyuring;
- ma’ruzalar tinglang;
- kitoblar o‘qing;
- kimningdir xatosini tuzating;
- pulni yaxshi ishlarga sarflang;
- kimgadir ma’naviy yoki moddiy tarafdan yordam bering;
- Gunoh qilishni oldini olishga harakat qiling;
- kambag‘allarni to‘ydiring;
- umidsizlarga tasalli bering;
- masjid yoki madrasa qurilishida ishtirok eting.
Xulosa o‘rnida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislarini keltiramiz: “Kimki Islomda biron bir yaxshi odatga asos solgan bo‘lsa, unga ajr va undan keyin qiyomatgacha bu odatga amal qilganlari uchun ham ajr beriladi. Islomda qandaydir yomon odatni boshlagan kishi bu gunohning o‘zi ham, undan keyin qiyomatgacha bu odatga amal qiladiganlarning gunohlari yukini ham ko‘taradi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi