Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi Hanwa Co., Ltd Yaponiya kompaniyasi boshqaruvchisi Daygoro Fukuzava bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Suhbat chog‘ida yapon kompaniyasi o‘z hamkorlari bilan birgalikda respublika chekka hududlarida joylashgan kasalxonalarda mustaqil elektr ishlab chiqarish texnologiyasi tatbiq etilishi loyihasini amalga oshirish, tibbiy muassasalarda gaz va dizel yonilg‘isi yordamida elektr quvvati ishlab chiqaruvchi tejamkor generatorlar va quyosh panellarini o‘rnatishdan manfaatdorlik bildirdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida JCM (qo‘shma kreditlash mexanizmi) asosida karbon kreditlarni yapon tomoniga eksport qilish loyihasi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston energetika, sog‘liqni saqlash, investitsiya va savdo vazirliklari, tuman hokimliklari va mahalliy tibbiyot muassasalari sarmoyalari hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) “Rivojlanishga rasmiy ko‘mak” dasturi imkoniyatlarini jalb qilish nazarda tutilgan.
Yapon tomoni bildirishicha, tibbiy muassasalarda muqobil energiya manbasi uzluksiz mavjud bo‘lishi bemorlar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish, xarajatlarni qisqartirish hamda elektr manbaiga ortib borayotgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida loyiha asosiy ob’ekti sifatida aynan tibbiyot muassasalari tanlab olingan.
Mustaqil elektr ishlab chiqarish texnologiyasini tatbiq etish afzal tomonlari respublikada elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish, magistral elektr uzatish tarmoqlari va kichik stansiyalarda kuchlanish oldini olish asosiy maqsadlardan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Loyiha yutuq va afzalliklarini namoyon qilish maqsadida respublika mahalliy tibbiyot muassasalaridan birida yapon kompaniyasi va hamkorlari tejamkor muqobil energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorni o‘rnatish loyihasini tatbiq etish taklif qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi