10:12 / 07.08.2022
1 939

«Eng qog‘ozboz» davlat idorasi nomi ma’lum qilindi

«Eng qog‘ozboz» davlat idorasi nomi ma’lum qilindi
Adliya vazirligi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati yuzasidan respublika miqyosida o‘rganish olib borilganini ma’lum qildi.

O‘rganish natijasida ayrim vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlangan.

Jumladan:
– «O‘zsuvta’minot» AJ – 600 dan ortiq;
– «Hududgazta’minot» AJ – 300 dan ortiq;
– Bandlik va mehnat munosbatlari vazirligi – 50 dan ortiq;
– «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ – 40 dan ortiq.
– Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;
– Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Eng qog‘ozboz» davlat idorasi nomi ma’lum qilindi