Sirdaryoda nogironlar jamiyati mas’ul xodimi qimor o‘yini tashkil qilgani aniqlandi

1 daqiqa o'qish1.2K
Sirdaryoda nogironlar jamiyati mas’ul xodimi qimor o‘yini tashkil qilgani aniqlandi
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tavakkalchilikka asoslangan pul yutuq o‘yinlarini tashkil etgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston nogironlar jamiyatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limiga qarashli Vohid Omonnur Invest unitar korxonasi ish boshqaruvchisi Guliston shahrining «Taraqqiyot» mahallasida joylashgan sobiq dehqon bozoridagi savdo do‘konlaridan biri dam olish va ko‘ngil ochish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan. Biroq u amaldagi faoliyat turiga amal qilmasdan, tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini ochgan.

O‘yin shartiga asosan kun davomida har bir o‘yin chiptasi 2 ming so‘mdan hisoblab sotish orqali 1 dan 90 gacha raqamlar qayd etilgan toshlarni tasodifiy ketma-ketlikda e’lon qilish orqali o‘yin chiptalaridagi uchta qatordan 9 tadan kataklardagi dastlabki 6 raqam bilan mos kelgan o‘yin ishtirokchilariga 30 ming so‘mdan, uchta qatordagi barcha 18 ta raqam bilan mos kelgan taqdirda 250 ming so‘mdan iborat pul yutuqlari o‘yinga qo‘yib borilgan.

Sirdaryo viloyati IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda 52 ta o‘yin chiptalari, taxminan 3 kg qora rangli tugmalar, 1 dona qop va undagi 90 dona o‘yin toshlari, 36 dona tugma solingan idish, 1 dona jadval, 1 million 793 ming so‘m pul va boshqa daliliy ashyolar olingan.

Holat yuzasidan o‘yin tashkilotchisi, boshqa ishchi xodimlar va 50 nafar o‘yin ishtirokchilariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?