Foto: Samarqand viloyati IIB
Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB.
Ular Navoiy viloyatida yashovchi bir guruh shaxslar 50 ming AQSH dollari evaziga 11,5 kilogramm oltin kukunini sotishini va Samarqand shahriga olib kelib berishlarini aytganini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Samarqand tumani “Yangiobod” MFYda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 6 nafar shaxs ariza mualliflariga 11,575 kilogramm oltin kukunini 50 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?