07:00 / 12.08.2022
1 794

Buxoroda sportchi kaltaklab ketildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan

Buxoroda sportchi kaltaklab ketildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridan birida janjal yuzaga kelgani haqidagi videolavha tarqaldi. Unda bir guruh shaxslar bir yigitning urib tepkilaganini ko‘rish mumkin. Jabrlanuvchi sportchi ekanligi aytilmoqda.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, holat hodisa sodir bo‘lgan vaqtning o‘zidayoq Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida tegishli tartibda qayddan o‘tkazilgan. Voqea sodir bo‘lgan joy, vaqt va ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilingan.

2021 yil 17 avgust kuni Qarshi shahrida sport murabbiyi Elbek Rahimovni bir guruh shaxslar odamlar ko‘z o‘ngida kaltaklab, mashinaga solib olib ketishgan, keyinroq murabbiyning jasadi Chiroqchi tumanidan topilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda sportchi kaltaklab ketildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan