2 935
Muhabbat Hamroyeva ko‘zi ko‘rmay qolgan azobli yillar, tuhmatlardan ruhan singani haqida (video)
«Yor-yor» ko‘rsatuvi boshlovchisi, jurnalist Muhabbat Hamroyeva «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Muhabbat Hamroyeva o‘tmishdagi azob, uqubat, nohaq tuhmatlardan ko‘zi ko‘rmay qolgani, haligacha o‘sha kunlarning asorati uni tark etmagani haqida gapirib berdi.
- "Bu voqeani sizga dugonalarim aytgan, menimcha. Xuddi shunaqa bo‘lgan. Hattoki ko‘zoynak taqib ham, bir metr masofani ko‘rolmay qolganman. Bu narsalar juda yomon ekan. 2006 yillar oilamiz uchun juda og‘ir yillar bo‘ldi. Bu haqida farzandlarimga «hech qachon, hech qayerda gapirmayman», deb so‘z berganim uchun bu voqealarni to‘liq ayta olmayman.
Oila boshlig‘imizga nisbatan kasblarida tuhmat bo‘lgan, juda og‘ir kunlarni boshimizdan kechirganmiz.
Bir kuni ertalab tursam bolalarimning ovqat yeyishi uchun non yo‘q. Shunda opamning o‘g‘li Feruzbek biz bilan yashardi, u bilan bu narsalarni yechimini tezda topganmiz. U kunlarni umuman eslagim va gapirgim kelmaydi.
Jurnalist bo‘la turib, shu narsani tuhmat ekanligini isbotlay olmaganim meni ruhan sindirgan. O‘zingni oilang uchun kuching yetmasa, sen jurnalistmisan? Doim jurnalistning so‘zi so‘z bo‘ladigan zamon qachon kelarkan, derdim. Allohga shukr, shu kunlar keldi. Ilgari bu narsalarni niyat qilardik.
O‘sha, 2006 yillarda mini infarkt olganman.
Hali ham o‘sha azoblar, stresslarning oqibati saqlanib qolgan. O‘zim uchun kamdan kam holatda vaqt topaman. Davolanishni doim ortga surib yashayman", - deydi jurnalist, boshlovchi, prodyuser Muhabbat Hamroyeva.
Muhabbat Hamroyeva Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida dunyoga kelgan. MTRK hamda boshqa xususiy telekanallarda «Erta so‘ngan yulduzlar», «So‘nmas yulduzlar», «Unutmoq osonmas sizlarni», «Baxt formulasi» «Sukunat tug‘yonlari», «Yor-yor» ko‘rsatuvlarining 3 000 dan ortiq soniga mualliflik va boshlovchilik qilgan. Muhabbat Hamroyeva «Sevinch nolasi», «Erta so‘ngan yulduzlar», «Sevgingdan baxtiyorman», «So‘nmas yulduzlar», «Kechikkan kitob» asarlari muallifi. «Shuhrat» medali sohibasi. «Ijod media» prodyuserlik markazi rahbari. Oilali, uch farzandning onasi, besh nabiraning buvijonisi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi