
Misr hokimi Hidiv Ismoil Poshsho Al-Azhar shayxini ziyoratiga kiradi. Poshsho ichkariga kirganida shayx o‘rnidan turib kutib olmagani yetmagandek, oyog‘ini yig‘ib ham olmaydi. Biroz suhbatdan so‘ng Poshsho u yerdan chiqadi.
Shayxning hamrohlari unga:
- Shundo Poshsho janoblari kelsa-yu, siz qimirlab ham qo‘ymadingiz, bu ishingiz to‘g‘rimi, - deya tegishadilar.
Shayx esa:
- Do‘stlarim, bir olim aslo yaltoqilik qilmaydi, bunday qilishi mumkin ham emas...
Shu orada Poshsho ham Al-Azhar shayxiga bir dars berib qo‘ymoqchi bo‘ladi va bir odami vositasida shayxga bir hamyon tilla tanga yuboradi. Biroq, vazifador oltini bilan birga Poshsho huzuriga qaytib keladi.
- Oltinni nega bermading?
- Olmadilar janobim.
- Nega?
- Shayx xazrat sizga salom va hurmat izhorlarini yuborib, sizga shunday deyishimni tayinladilar: «Qo‘lini uzatgan oyog‘ini uzata olmaydi!»
***
Mana, nega Islom va musulmonlar bir paytlar aziz edilar!
Abdulqodir Azhariy
Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar