06:33 / 18.08.2022
1 382

Shavkat Mirziyoyev payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qabrlarini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qabrlarini ziyorat qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni islom olamining eng muqaddas shaharlaridan bo‘lmish Madinada bo‘lib, Masjidun Nabaviyni ziyorat qildi.

Madina islom tarixidagi eng muhim shaharlardan biri. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va salam 622 yilda bu yerga ko‘chib kelganlar. Qur’oni karimning eng katta suralari shu yerda nozil bo‘lgan.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
Masjidun Nabaviy payg‘ambarimizning uylari atrofida qurilgan ulkan masjiddir. Bu yerda rasulullohning hamda buyuk sahobalar – Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattobning qabrlari bor. Yuksak hurmat yuzasidan bu joy «Hujrai saodat» deb ataladi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu masjidga kelib, Hujrai saodatga tavoze bilan kirdi, Muhammad alayhissalomga salavot va salomlar aytdi. Xalqimizga tinchlik va farovonlik tilab, duo qilindi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
Prezident Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlari va islom tamadduni muzeyi bilan ham tanishdi. Muzey keng qamrovli ikkita mavzuni o‘zida aks ettirgan. Birinchisi, Muhammad alayhissalomning hayot va faoliyatlari, ikkinchisi, islom madaniyati va ilm-fanining shakllanishi, uning ijtimoiy-ma’naviy hayotga ta’siri. Bular haqda ko‘rgazmali eksponatlar va vizual texnologiyalar vositasida, bir necha xorijiy tillarda ma’lumot beriladi.

Prezident muzeyni ko‘zdan kechirish asnosida saudiyalik olimlar bilan dinimiz tarixi, o‘zbek va arab xalqlarini bog‘lovchi rishtalar haqida fikr almashdi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
Doktor shayx Nosir Zahroniy muzeydagi ma’lumotlar buyuk bobolarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy asarlaridan olinganini aytdi. Shavkat Mirziyoyev yurtimizda bu ulug‘ allomalar nomi bilan ilmiy markazlar tashkil qilingani, islom madaniyati obidalari asrab-avaylanayotganini ta’kidlab, olimlarni O‘zbekistonga taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Madinani ziyorat qilib yurgan o‘zbekistonliklar bilan ham suhbatlashdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston delagatsiyasi Jidda shahriga jo‘nab ketdi.


























arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qabrlarini ziyorat qildi