
AOKAda Sudyalar oliy kengashi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida "Sudyalar korpusini shakllantirish: ochiqliq, shaffoflik va natijalar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda aytilishicha, 2022 yil birinchi yarim yiligida Sudyalar oliy kengashi tomonidan jami 41 nafar sudyaning vakolati muddati ilgari tugatilgan. Shundan:
- o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan sudyalar soni 21 nafar;
- arizasi hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun 12 nafar;
- odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvolik va intizomsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun 1 nafar;
- qasamyodni buzganligi sababli 3 nafarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, 227 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.
2021 yilda vakolat muddati tugagan 12 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq deb topilgan bo‘lsa, 2022 yilda 6 nafarni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar