
Saudiya Arabistoni podshohligi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni e’lon qilindi.
Farmonda ”O‘zbekiston Respublikasi hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida madaniy, ilmiy va investitsiyaviy iqlimni yaxshilash, shuningdek, mamlakatimizning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilansin”, deyilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar