08:18 / 19.08.2022
1 591

Prezident Umra ziyoratini amalga oshirdi (foto)

Prezident Umra ziyoratini amalga oshirdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoniga tashrifi chogʻida muqaddas Makka shahrida ham boʻlib, umra amallarini bajardi.
Davlatimiz rahbari dinimiz arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz oʻqidi, talbiya aytib, Masjidul Haramga bordi.

Ma'lumki, Ka'batullohning ichiga kirish musulmonlar orzu qiladigan ulugʻ sharafdir. Prezidentimiz ana shunday sharafga muyassar boʻlib, Ka'batullohning ichida namoz oʻqidi.

Soʻng, Baytulloh atrofida etti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida ettita sa'y qilindi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi a'zolari, ulamo va ziyolilar bilan birgalikda yurtimizga tinchlik va taraqqiyot, xalqimizga salomatlik va farovonlik tilab duolar oʻqildi.

















Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat