19 avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtimizning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. Unga ko‘ra:
— Toshkent xalqaro aeroportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
— Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
—Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
— Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha bo‘lgan hududlar yopiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»