
Majburiy ijro byurosining Quyichirchiq tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning avgust oyida olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida voyaga yetmagan moddiy taminotga muhtoj farzandi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida qilmay, aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab kelayotgan 9 ta qarzdorlarga nisbatan MJtKning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shundan qarzdor O.Maxamadov sud jarayonida aliment qarzdorlikni to‘liq qoplagan. Qolgan 8 nafar U.Yarmambetov, M.Xudoyberdiyev, R.Davletbayev, A.Kadirov, M.Kanifov, I.Xodjimatov va aka-uka O.Qurbonaliyev hamda M.Qurbonaliyevlar sud jarayonida aliment qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli, ularga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan joriy yilning avgust oyi holatiga ijro harakatlari davomida 18 ta oila yarashtirishga erishilgan va ijro hujjati tamomlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar