15:14 / 22.08.2022
873

AQSH kongressmenlari O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

AQSH kongressmenlari O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi
Joriy yil 22 avgust kuni Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov kongressmenlar Trent Kelli va Darin Lahuddan iborat Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Amerika munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotda parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, siyosiy, savdo-investitsiya, akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi muloqotni ikki davlat darajasida ham, kongressmenlar vakili bo‘lgan Missisipi va Illinoys Shtatlari bilan ham chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kongress vakillar palatasidagi «O‘zbekiston bo‘yicha Kokus» faoliyati alohida muhokama qilindi. Uning hamraisi kongressmen T. Kelli hisoblanadi. Kokus tarkibi O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni tizimli rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan istiqbolli amerikalik qonun chiqaruvchilar hisobiga jadal kengayib borayotgani ta’kidlandi.

Ikki tomonlama savdo-investitsiya aloqalarining jadal sur’atlarda o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kongressmenlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Afg‘oniston masalasida ham fikr almashildi. Tomonlar ushbu mamlakatdagi murakkab gumanitar vaziyatning oldini olish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, har ikki mamlakatning xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalari ham ko‘rib chiqildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH kongressmenlari O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi