
Mustaqillik bayrami 31 yilligi shodiyonasi oldidan va bayram kunlari poytaxt hamda respublika barcha shahar, tuman markazlarida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qilishicha, dehqon bozorlari hamda aholi zich istiqomat qiladigan mahallalarda tashkil etilgan yarmarkalar 2022 yil 20 avgustidan 5 sentabriga qadar har kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.
Savdo nuqtalarida sotuvchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratilgan. Rastalar, sovitkichlar, tarozilar va mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, to‘lov terminallari bilan ta’minlab berilmoqda.
Oziq-ovqat yarmarkasi formati fermerlar va dehqonlarga o‘z mahsulotlarini peshtaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish imkoniyatini beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar