12:09 / 27.08.2022
1 002

Surxondaryoda fuqaroning plastik kartasini o‘g‘irlab, 10 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda fuqaroning plastik kartasini o‘g‘irlab, 10 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Foto: Kiberxavfsizlik xizmati
Bank kartasining pin-kodi e’lon qilinishi ortidan o‘g‘irlik jinoyati sodir etildi, deb xabar bermoqda Kiberxavfsizlik xizmati.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi fuqaro D.Q. ariza bilan murojaat qilib, unda bank plastik kartasi tumanda joylashgan Paynet shoxobchasida noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgani, undagi 9 million 222 ming so‘m pul yechib olinganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bank kartasi PIN kodini Paynet shoxobchasida jabrlanuvchi tomonidan oshkor qilinganidan foydalanib, bank kartasini o‘g‘irlab, pullarni talon-toroj qilgan shaxs Uzun tumanida yashovchi N.A. (1978 yilda tug‘ilgan) ekani aniqlangan.

Holat yuzasidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda fuqaroning plastik kartasini o‘g‘irlab, 10 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi