1 354
Shavkat Mirziyoyev Milliy bog‘ning qurilish ishlaridan keyingi holati bilan tanishdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni O‘zbekiston Milliy bog‘ida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu bog‘ 1932 yilda hashar yo‘li bilan qurilgan, ko‘p yillar aholining eng sevimli maskani bo‘lgan. Keyingi vaqtlarda bog‘ hududida qurilishlar bo‘ldi — Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasi binosi, Toshkent shahri tarixi muzeyi, Magic city ko‘ngilochar markazi barpo etildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident bu bog‘ning tarixiy qiyofasini saqlab qolish, bu yerda milliy an’analarga xos muhit yaratish zarurligini ta’kidlagan edi. Shu asosida 14 gektardan ziyod hududda katta ishlar bajarildi. Ma’muriy bino, restoranlar qurilib, ko‘priklar va yo‘laklar yangilandi. Jami maydoni 40 ming kvadrat metr bo‘lgan ko‘l tiklandi. Suv sizib chiqmasligi va loyqalanmasligi uchun ko‘l tubiga maxsus qoplamalar yotqizildi. Qirg‘oqlar tartibga keltirilib, cho‘milish havzasi tashkil etildi. Mingdan ziyod daraxt, 200 mingga yaqin buta ko‘chatlari ekildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari shu yerda nuroniylar, adabiyot va san’at namoyandalari bilan ham suhbatlashdi. Ularni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ushbu bog‘ning ahamiyati haqida gapirdi.
- Bugun shaharlarimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar yaxshi. Lekin qadriyatlarimizni e’zozlash, xotira ham kerak. Ilgari bu bog‘ Toshkentning eng mashhur joyi bo‘lgan, o‘ziga xos ramzlaridan biriga aylangan. Odamlar bu yerga kelib sayr qilgan, ijodkorlar tabiatdan zavq, ilhom olgan. Talabalar, yoshlarning eng zavqli damlari shu yerda o‘tardi. Bu tarixni hozirgi kun bilan hamohang qilishimiz kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, Milliy bog‘da mazmunli dam olish uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Oila yoki do‘stlar davrasida sayr qilish, ovqatlanish, shaxmat-shashka va tennis o‘ynash, velosiped haydash mumkin.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi