
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va ukrain xalqiga mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
"Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Janobi Oliylariga
Hurmatli Vladimir Aleksandrovich!
Ukrainaning milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizni va butun mamlakatingiz xalqini samimiy tabriklayman.
Bu oyda biz ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana – diplomatik aloqalar o‘rnatilganining qutlug‘ 30 yilligini nishonlayotganimizni ham mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.
Hech shubhasiz, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan kelgusida ham rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizga omadlar, do‘st ukraina xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman" deyiladi Shavkat Mirziyoyevning tabrigida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar