
30 avgust kuni poytaxtning Ko‘ksaroy qarorgohida an’anaga ko‘ra Mustaqillik bayrami arafasida faxriy unvonlarga loyiq ko‘rilganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbir avvalida nutq so‘zlarkan, bugungi kunda muhokama bo‘layotgan mavzularga ham to‘xtaldi.
“Bugun xursandchilik kunlarda ko‘pchilik muhokama qilayotgan ayrim mavzular ko‘ngilni xira qiladi. Xotin-qizlarimizga, aziz ayollarimizga nisbatan ayrim zo‘ravonliklarni umuman qabul qilib bo‘lmaydi. Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat.
Bunga qo‘l urganlar ayol qiyofasida o‘z onasi siymosini eslasin. Oqila opa-singillarimiz bunday munosabatga loyiq emas!” – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mustaqillik BayramiPrezident Shavkat MirziyoyevKo‘ksaroy QarorgohiXotin-QizlarZo‘ravonlikMillatga Xos O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar