
“2022-2025 yillarda tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan manzilli dastur, muhandislik-kommunikatsiya, ichimlik suvi tarmog‘i, isitish va elektr tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan dastur, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 2022-2023 yillarda sotib olinadigan tibbiy jihozlar asosiy parametrlari tasdiqlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan tibbiyot muassasalari (oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlari va tuman tibbiyot birlashmalari)ning namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati yangi quriladigan tibbiyot muassasalarida ushbu namunaviy loyihalardan foydalanishi belgilab qo‘yiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qurilish vazirligining 2023 yildan boshlab amalga oshiriladigan barcha qurilish-ta’mirlash loyihalarini, yagona standart asosida amalga oshirish maqsadida “O‘ztibloyiha” loyiha instituti tomonidan ko‘rib chiqilishi va kelishilishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi budjet mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida 2023 yildan boshlab tibbiyot muassasalarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha barcha loyihalarda energotejamkor texnologiyalarni joriy qilishni ko‘zda tutadi.
Tibbiyot MuassasalariQurilish VazirligiSog‘liqni SaqlashMoliyaviy InstitutlarEnergiya TejamkorManzilli Dastur O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar