
Foto: Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida erkakni kiyimlarini yechib tashlab, videotasvirga olgan guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bir guruh shaxslar 17 avgust kuni Telegram messenjeri orqali fuqaroga uyatsiz mazmundagi xabarlarni yozib, aldov yo‘li bilan Shahrixon tumani hududiga tungi vaqtda chaqirgan. Uni kiyimsiz holatda videotasvirga olib, tovlamachilik sodir etgan.
Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon ViloyatiTovlamachilikVideotasvirShahrixon TumaniIchki IshlarTelegram Messenjeri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar