
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik bayrami bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida xalqimizga tabrik bilan murojaat qildi.
Davlatimiz rahbar so‘zining avvalida butun xalqimizni ulug‘ ayyom — Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
«Oradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qoladi», — dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi jadal amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
«Yangi O‘zbekiston:
– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;
– odamlar o‘z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan;
– hamma uchun adolatni so‘zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bo‘lgan;
– tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir.
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi», — dedi Prezident.
Mustaqillik BayramiShavkat MirziyoyevYangi O‘zbekistonDavlat XizmatlariIjtimoiy MavqeAdolatli Jamiyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar