
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Toshkent xalqaro aeroportida buqalamunlar olib kirayotgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 31 avgust kuni Misrdan Toshkentga uchib kelgan fuqaro Y.J. xalqaro aeroportda yashil yo‘lakdan harakatlanayotib, bezovtalanishi tufayli o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada ushbu shaxsning yuklari orasidagi plastik idishda 10 dona buqalamun borligi aniqlangan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Ushbu buqalamunlarning umumiy qiymati 54,7 million so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda buqalamunlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagani sababli mutaxassislar tomonidan ulardan 6 tasining ahvoli og‘irligi ma’lum qilingan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Toshkent Xalqaro AeroportiBuqalamunlar Olib KirishDavlat Bojxona Qo‘mitasiYashil Yo‘lakHayvonot Bog‘iSurishtiruv Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar