
Kadr: Telegram
Xorazm viloyatining qator tuman-shaharlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xususan,
- Urganch shahridagi «U.U.» MCHJga qarashli dorixonadan 220 dona;
- Shovot tumanidagi «M.F.» MCHJga qarashli dorixonadan 150 dona;
- Xiva tumanidagi «K.F.» XKga qarashli dorixonadan 120 dona;
- Bog‘ot tumanidagi «Sh-Sh.» XKga qarashli dorixonadan 150 dona tegishli hujjatlari bo‘lmagan «Benzonal» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bundan tashqari, Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar A.S. va S.S. 220 dona «Benzonal» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini boshqa bir fuqaroga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar