
Qashqadaryoning Qarshi shahrida 6 sentabr kuni soat 17:30 lar atrofida «Jiguli» yonib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haydovchi P.J. ushbu avtomashinani Qarshi shahar hududi tomon haydab ketayotib, A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 38-kilometri, Mang‘it qishlog‘i ro‘parasiga kelganida elektr simlaridan qisqa tutashuv chiqib, yo‘lning o‘ng tomon qismiga to‘xtab turgan vaqtida yong‘in chiqqan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) September 7, 2022
Voqea joyiga Qarshi shahar FVVB bo‘limi xodimlari yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida hech kim hech qanday tan jarohati olmagan.
QashqadaryoQarshi shahridaJiguli yonib ketdiYong‘in oqibatlariIjtimoiy tarmoqlarAvtomobil yo‘li O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar