13:34 / 07.09.2022
1 102

SHHT Samarqand sammitida Eron yangi doimiy a’zo sifatida tanishtiriladi

SHHT Samarqand sammitida Eron yangi doimiy a’zo sifatida tanishtiriladi
Foto: Alan Katsiyev
O‘zbekiston SHHT yangi rivojlanish sharoitidagi salohiyatidan to‘liq foydalanishdan manfaatdor. Bu haqda elchi Dilshod Ahadov ma’lum qildi.

SHHT Samarqand sammiti arafasida Hindistonning The Print elektron nashri O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahadov bilan intervyu e’lon qildi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov The Print nashriga bergan intervyusida Toshkent nafaqat SHHTni kengaytirish, balki uning to‘la salohiyatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlashini ta’kidladi.

Elchi Dilshod Ahadov ushbu sammitda Eron SHHT yangi doimiy a’zosi sifatida tanishtirilishini tasdiqladi. Hozirgi kunda SHHT tarkibiga sakkiz davlat – Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston kiradi.

Sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biri SHHTni yanada kengaytirish hisoblanadi. Eronning SHHTga a’zo davlat maqomini olish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolanishga allaqachon tayyor. Bu hujjat Yaqin Sharq ushbu yirik mamlakati tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lishiga asos bo‘ladi”, - dedi Dilshod Ahadov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, SHHT faoliyatida to‘laqonli a’zo, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sherik maqomida ishtirok etish uchun yana 10 ga yaqin mamlakatdan arizalar ham ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat