date
views 5 242

Andijonda pora talab qilgan “Xalq banki” bank boshqaruvchisi ushlandi

Andijonda pora talab qilgan “Xalq banki” bank boshqaruvchisi ushlandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
“Xalq banki” Paxtaobod filiali boshqaruvchisi MCHJ bankda ta’minotchi korxona sifatida faoliyat yuritishiga sharoit yaratib berishi uchun har bir yo‘naltirib berilgan kredit summasining 2 foizini har oyda berib turilishini talab qilgan.

Kun.uz manbalarining xabar berishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Xalq banki” Paxtaobod filiali boshqaruvchisi F.Q. 1,7 mln so‘m va 300 AQSH dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga olingan.

U tadbirkor U.X. rahbarligidagi MCHJning bankda ta’minotchi korxona sifatida faoliyat yuritishiga sharoit yaratib berishi uchun har bir yo‘naltirib berilgan kredit summasining 2 foizini har oyda berib turishini talab qilgan.

Xususan, bank boshqaruvchisi jamiyatga o‘tkazib berilgan jami 745 mln so‘m kredit hisobidan avvalroq 8 mln so‘mni olgan bo‘lib, qolgan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda pora talab qilgan “Xalq banki” bank boshqaruvchisi ushlandi