
AQSH konsullik bo‘limi noimmigratsion vizalar uchun bepul onlayn suhbat belgilash bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tushungan holda, payshanba, 15 sentabr kuni 500 dan ortiq suhbat o‘rinlari ochyapti.
Suhbat o‘rinlari faqat O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun bo‘lib, oktabr oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan kunlar uchun ochiladi.
Ochilgan suhbat o‘rinlari tezda to‘lishini inobatga olib, berilgan imkoniyatdan unumli foydalanish uchun, sayohatchilardan cuhbat belgilash uchun tayyor bo‘lish so‘ralgan.
Suhbat belgilash uchun avval onlayn anketa DS-160 formani to‘ldirish va shtrix-kod raqamiga ega bo‘lish lozim. Suhbat belgilashga tayyor bo‘lgach, o‘z biografik ma’lumotlarini aynan viza arizasi (DS-160 forma)da ko‘rsatilganidek kiritish lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar