16:00 / 14.09.2022
1 435

Toshkent viloyatida muddati o‘tgan dorilar sotuviga chek qo‘yildi (foto)

Toshkent viloyatida muddati o‘tgan dorilar sotuviga chek qo‘yildi (foto)
Yangiyo‘l tumani Davlat soliq inspeksiyasi, Bosh prokrotura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi, DXX Toshkent viloyati boshqarmasi, Yangiyo‘l shahar bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 12 sentabr kuni soat taxminan 15-30 larda Yangiyo‘l tumani, Registon MFY, Bexizor ko‘chasi, 44-uyda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.X.Djumayev va boshqalar o‘zaro jinoiy til biriktirib, sifatsiz dori vositalarini o‘tkazish maqsadida noqonuniy ravishda o‘z uyida yashirish sex tashkil qilganlar.


Ushbu fuqarolar xorijda ishlab chiqarilgan muddati o‘tgan sifatsiz dori vositalarini yaroqlilik muddatini o‘zgartirib, qalbakilashtirib sotish bilan shug‘ullanib kelganligi holati aniqlandi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.X.Djumayevning yashash xonadonidan jami 34 turdagi 445.061 dona kalbaki dori vositalari, qadoqlash va pul sanash hamda dori vositalari muddatini o‘zgartirish uskunalari, qalbaki shtamp, muhrlar hamda printerlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.



Baholash ekspertizasining 2022 yil 13 sentabrdagi xulosasiga ko‘ra, O.X.Djumayevning yashash xonadonidan olingan jami 34 turdagi 445.061 dona dori vositalarining umumiy bahosi 3.185.250.000 so‘mni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Hozirda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat