
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga qanday tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabariga ko‘ra, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- tibbiy yordamga muhtoj oilalar boshqaruv ofisi tomonidan tegishli tibbiyot xodimini jalb qilingan holda o‘rganiladi;
- o‘rganish natijasi bo‘yicha kasalligi aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
- tibbiy ko‘rik natijasi yuzasidan ko‘rsatma bo‘yicha oila a’zolari tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulatoriya sharoitda davolanadi;
- nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar