1 439
Toshkentda fuqaro Nexia’sini tortib olib, uni qaytarib berish evaziga 6,5 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Toshkentda fuqaro Nexia-3 mashinasini tortib olib, uni qaytarib berish evaziga 6,5 ming dollar talab qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8 sentabr kuni vazirlik JQBB Uyushgan jinoyatchilik va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi, DXX, Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari hamkorligida Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan R.J.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar shaxslar — Z.M. (1974 yilda tug‘ilgan), Z.U. (1981 yilda tug‘ilgan) va A.K. (1984 yilda tug‘ilgan) R.J. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasini tortib olib, uni qaytarib berish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 6,5 ming dollar miqdoridagi pullarni talab qilgan.
Tezkor tadbir o‘tkazish paytida Z.M., Z.U. va A.K. 5 ming AQSH dollarini Yunusobod tumani 10-mavzesida olgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib tovlamachilik sodir etilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar