
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini ta’kidladi. Jumladan:
- sentabrgacha bo‘lgan davrda yurtimizga kelgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi;
- yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo‘ldi (2019 yil davomida 951 million dollar bo‘lgan);
- yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati o‘rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag‘i 305 dollargacha ko‘paydi (bu 2019 yilda o‘rtacha 3 kunni tashkil etib, ular 195 dollar sarflagan);
Ichki sayohat qiluvchilar soni ham o‘tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga o‘sib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.
Chetdan kelgan turistlar uchun ko‘rsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past bo‘lib, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan.
Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.
Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan.
Ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun:
- Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimovga hayfsan berildi;
- Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlari hokimlari bugun ishdan olinib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar