13:05 / 20.09.2022
969

Xitoy Bo‘stonliqda dor yo‘llari quradi

Xitoy Bo‘stonliqda dor yo‘llari quradi
Foto: Dunyo
Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi va Xitoyning injiniring bo‘yicha CAMCЕ korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda O‘zbekistonda investitsion qurilish loyihalarini amalga oshirish va dor yo‘llarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish, bitim doirasida investitsion loyihalarni ommalashtirish uchun ekspertlarni jalb qilish, dor yo‘llarini qurishga mo‘ljallangan joylarni tanlash hamda hamkorlik texnik va moliyaviy darajadagi tafsilotlarini aniqlashtirish uchun mutaxassislar guruhini yuborish hamda dor yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Bitimni tayyorlash doirasida CAMCЕ korporatsiyasi vakillari hudud infratuzilma sharoitlarini o‘rganish uchun Bo‘stonliq tumanida bo‘ldi. Safar davomida Xitoy korporatsiyasi delegatsiyasi «Chorvoq» direksiyasi investitsion loyihalari bilan tanishdi.

Xitoyning CAMCЕ korporatsiyasi ochiq aksionerlik jamiyati bo‘lib, XXR markaziy hukumati boshqaruvidagi davlat korxonasi hisoblanadigan Xitoy milliy mashinasozlik korporatsiyasi (SINOMACH) tarkibiga kiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat