date

Bo‘stonliqda janjal: yer mojarosi ortidan tortishuv yuzaga keldi (video)

Bo‘stonliqda janjal: yer mojarosi ortidan tortishuv yuzaga keldi (video)

Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan navbatdagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tarqalgan videolarda bir guruh shaxslar o‘rtasida keskin tortishuv yuzaga kelgani aks etgan. Bu haqida Qalampir nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, nizoga sabab bo‘lgan masala — yer uchastkasi bilan bog‘liq. Videoda ko‘rinishicha, tadbirkor 2024 yilda o‘ziga ajratilgan 1,5 gektar yer maydoni boshqa MCHJga berib yuborilganini iddao qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, aynan shu kompaniya hududga sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni olib kelgan va bu holat kelishmovchilikka sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, janjalda ishtirok etgan barcha shaxslar aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho berish ishlari boshlangan.

Shuningdek, voqea davomida hech kimga jismoniy jarohat yetkazilmagani qayd etildi. Hozirda esa nizoga sabab bo‘lgan ko‘chmas mulk hujjatlarini o‘rganish, ularning qonuniyligini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Videoda aks etgan barcha ishtirokchilarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, yakuniy qaror qabul qilish uchun materiallar sud organlariga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, ushbu masala yuzasidan qonun ustuvorligi to‘liq ta’minlanadi va jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda janjal: yer mojarosi ortidan tortishuv yuzaga keldi (video)