
O‘zbekiston prezidentining «Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2022 yil 1 oktabrdan boshlab:
- kasanachiga zarur asbob-uskuna xarid qilish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan subsidiya miqdori amaldagi BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi;
- Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida hududlarda har yili bir marotaba har birining qiymati 50 mln so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovini o‘tkazadi;
- yangi ish boshlayotgan kasanachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish uchun xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lider kasanachilarni jalb etgan holda o‘quv kurslari tashkil etiladi;
- «Ayollar daftari»ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi;
- ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik sub’ektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027 yil 1 oktabrga qadar ozod etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar