10:55 / 26.09.2022
1 074

Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi

Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi
“Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ular muammolarini hal etish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Tadbirkorlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari respublika komissiyasi va kengash ishchi organlari etib belgilanadi.

Quyidagilar respublika komissiyasi faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
  • tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi O‘zbekiston qonunlari, O‘zbekiston prezidenti farmon, qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi ta’minlanishini monitoring qilish;
  • tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi holatini va uning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tizimini tahlil qilish;
  • tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish zaruriyatini ko‘rib chiqish;
  • tadbirkorlik sub’ektlari infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va eksportni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash;
  • tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga ko‘maklashish, tadbirkorlik sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalarni qonunchilik tashabbusiga ega bo‘lgan sub’ektlarga kiritish.

Quyidagilar kengash asosiy vazifalari etib belgilanadi:
  • tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi qonunlar, prezident farmon, qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini amalga oshirish;
  • tegishli hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlik sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni respublika komissiyasiga taqdim etib borish;
  • hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish sohasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilari hamda boshqaruv vertikal tizimi asosida davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash;
  • hokim yordamchilari, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish;
  • kengash majlislarini tashkil etish va unda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hokim yordamchilari, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotlarini eshitish.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat