19:22 / 26.09.2022
1 323

Ohangaronda qarzdor MCHJning 41 nafar xodimiga ish haqi undirildi

Ohangaronda qarzdor MCHJning 41 nafar xodimiga ish haqi undirildi
Byuroning Oxangaron shaxar bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Ohangaron tumanlararo sudining ijro hujjatlariga asosan, qarzdor «Preimium elegant ceramics» MCHJ dan jami 41 ta ishchi xodimlariga 187 887 392 so‘m ish haqi va davlat foydasiga 5 ta jami 6 056,7 ming so‘mlik davlat boji hamda 72 661,5 ming so‘mlik ijro yig‘imi undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor «Preimium elegant ceramics» MCHJ ning "Oxangaronshahargaz” ta’minoti bo‘limi 16.09.2022 yildagi solishtirma dalolatnomasiga asosan 290 631,8 ming so‘mlik debitor qarzdorligi mavjud ekanligi aniqlangan va shu kunning o‘zidayoq debitor qarzdorligi bo‘yicha hisob raqamiga inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan. Debitor qarzdorligi bo‘yicha mazkur pul mablag‘lari Byuroning Ohangaron shahar bo‘limining bank kassasi orqali depozit hisob raqamiga kelib tushgan.

Natijada depozitdagi mazkur pul mablag‘lari yuqoridagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklarga yo‘naltirilib, MCHJ ning 41 nafar xodimlariga ish haqlari, davlat boji va ijro yig‘imi undirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda qarzdor MCHJning 41 nafar xodimiga ish haqi undirildi