
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Xorazm viloyati Shovot tumanida chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shovot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda tumandagi Najmiddin Kubro ko‘chasida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan T.P. fuqaro A.ga jami 3 000 dollarni 32,8 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar