Forbes Rossiyaning eng boy bo‘ydoqlari fotosuratlarini chop etdi

Forbes jurnalining rus tilidagi talqini Rossiyaning eng boy erkaklari suratlarini chop etdi, deb "Darakchi" nashri xabar beradi.
Bu yilgi ro‘yxatda bo‘ydoq milliarderlar soni 11 kishiga qisqargan.
“Kimdadir ularga turmushga chiqib, boyligiga egalik qilish g‘oyasi tug‘ilgan bo‘lsa, marhamat suratlarga qarab, “qurbon”ni aniqlashingiz mumkin”, deb izoh berilgan.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni — LetterOne Holdings direktorlar kengashining raisi 51 yoshli Mixail Fridman egallagan. U turmush o‘rtog‘i Olga bilan bundan 10 yil ilgari rasman ajrashgan. Uning davlati 13,3 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rin — 7,7 milliard AQSh dollariga ega bo‘lgan 49 yoshli Dmitriy Rыbolovlevga nasib qilgan. U sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotgan vaqtida rafiqasiga 604 million AQSh dollari hisobidagi mablag‘ni qoldirgan. Shunday janjalli ajrashuvdan keyin uning yana rasman uylanishi dargumon.
Uchinchi o‘rinni — 7,6 milliard AQSh dollariga ega bo‘lgan 50 yoshli Mixail Proxorov egallab turibdi. U anchadan beri uylantirib qo‘yishga harakat qilganlarni dog‘da qoldirib, bo‘ydoq bo‘lishni afzal ko‘rdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing